Rasman: "Paxtakor"da deyarli o'ynamagan futbolchi "Loko"ga qaytdi

Sherzod Nurmatov
1 yanv 2026, 16:21
22 yoshli darvozabon Nikita Shevchenko 3 mavsumlik tanaffusdan keyin jamoaga qaytgani e'lon qilindi.

"O'tgan mavsumlar davomida "Paxtakor" tarkibida o'ynagan yosh kiper navbatdagi mavsumda jamoamiz sharafini himoya qiladi", – deyiladi "temiryo'lchilar" xabarida.

Rossiyalik darvozabon yakunlangan mavsum "sherlar" safida bor-yo'g'i 2 o'yinda qatnashdi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати