Rasman: O'zbekiston terma jamoasi ushbu oyda Rossiya va Qozog'iston bilan o'yin o'tkazadi

Alisher
5 noya 2022, 14:13
Xabar tasdiqlandi.

"O'zbekiston milliy terma jamoasi 13 noyabr kuni Toshkentda navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishadi. Yig'in doirasida jamoamiz 2 ta o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishi rejalashtirilgan. 

Dastlabki o'yin 16 noyabr sanasida Qozog'iston terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tishini ma'lum qilgandik. Shuningdek, Srechko Katanets shogirdlarining 20 noyabr kungi raqibi ham ma'lum. Futbolchilarimiz Rossiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadilar. 

Uchrashuv Paxtakor stadionida soat 17:00 da start oladi", - deyiladi assotsiatsiya xabarida.

Eslatib o'tamiz, oldinroq saytimiz tomonidan O'zbekiston MTJning Rossiya bilan 20 noyabr kuni o'yin o'tkazishi haqida ma'lum qilgan edik.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia