Rasman: Otamendi - "Benfika" futbolchisi!

Mirjalol Normatov
30 sen 2020, 02:13
"Benfika" matbuot xizmati Nikolas Otamendining transferini e'lon qildi.

Futbolchining transfer narxi 15 mln evroni tashkil qiladi. U Portugaliya klubi bilan 2023 yilning yoziga qadar bo'lgan shartnomaga imzo chekkan.

Otamendi o'tgan mavsumda "Siti" tarkibida APLning 24 o'yinida maydonga tushib, 2 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal