Rasman: "Nyukasl" Tonalini "Milan"dan rekord summaga sotib oldi

Tolibjon Qosimov
3 iyul 2023, 17:09
Angliyaning "Nyukasl" klubi yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish ishlarini olib bormoqda.

"Hakkalar" "Milan" klubidan markaziy yarim himoyachi Sandro Tonalini 70 million evroga sotib oldi. 23 yoshli futbolchi bilan 2028 yilgacha mo'ljallangan 5 yillik shartnoma imzolandi. Kelishuvni yana 1 yilga uzaytirish imkoniyati ham mavjud.

Shu tariqa, Tonali tarixdagi eng qimmat italiyalik futbolchiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/NUFC