Rasman: "Nurafshon" futbolchisi Maldiv orollari jamoasiga o'tdi

Mirjalol Normatov
17 iyun 2018, 21:25
Bugun O'zbekiston Pro-ligasi 15-turi doirasida "Zomin" - "Nurafshon" (0:1) uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu uchrashuvdan keyin "Nurafshon" ustozi Vohid Xolboev jamoadan ketayotgan futbolchilar haqida gapirdi.

"Abdurasul Komilov Maldiv orollarining "Maziya" jamoasi safiga ko'chib o'tdi. Bu klub ayni damda chempionatning 3-pog'onasini egallab turibdi. U kecha biz bilan xayrlashdi. Shuningdek, Abdug'ani Kamolov "Sho'rtan"ga, Elbek Ravshanov esa "Buxoro"ga ko'chib o'tmoqda", - dedi Vohid Xolboev.

Bugun "Nurafshon" safarda g'oliblikka erishdi va Pro-liganing "B" guruhidagi peshqadamlik mavqesini yanada yaxshilab oldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia