

Bugundan e'tiboran Sergey Lushchan rasman "lochinlar"ning yangi ustoziga aylandi. Tajribali mutaxassis klub bilan shartnoma imzolagan. Sergey Lushchan uchun "Navbahor" murabbiylik faoliyatidagi beshinchi jamoa bo'ldi. Bundan avval u "Bunyodkor", "So'g'diyona", "Dinamo", "Shaxtyor" (Belarus) klublarida ishlagan.
Sergey Ivanovich bunga qadar "Odil Ahmedov FA"da texnik direktor lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.



