Rasman: "Nasaf"ning yana bir futbolchisi "Paxtakor"ga o'tdi

Tolibjon Qosimov
28 dek 2017, 18:37
Shu kunlarda transfer oynasida juda ham faol ishtirok etayotgan Toshkentning "Paxtakor" klubi Qarshining "Nasaf" jamoasidan yana bir futbolchini o'z tarkibiga qo'shib oldi.

Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi.
Yarim himoyachi Dilshod Rahmatullaev va "Paxtakor" o'rtasida ikki yillik kelishuv imzolandi. Dilshod oliy ligada "Lokomotiv", "Olmaliq" va "Nasaf" jamoalarida o'ynagan. Shuningdek, Turkiya birinchi ligasida "Sanliurfaspor" klubida to'p tepgan. Chempionatimizda 130 uchrashuvda 10 gol muallifiga aylangan.

"Uning jamoamiz g'alabalariga munosib ulush qo'shishiga ishonch bildirib qolamiz", - deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.

Dilshod Rahmatullaev haqida ma'lumot:

Tug'ilgan sanasi: 17.02.1989
Tug'ilgan joyi: Toshkent
Yutuqlari: O'zbekiston Kubogi sohibi-2014
O'zbekiston Superkubogi sohibi - 2015, 2016


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pakhtakor.uz