Rasman: “Milan” “Chelsi” futbolchisining transfer huquqini to'liq qo'lga kiritdi

Eldor Akmurzayev
17 iyun 2021, 19:20
“Aristokratlar” himoyachisi Fikayo Tomori “Milan”ning to'laqonli a'zosiga aylandi

Tomori “rossonerilar” bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Transfer summasi esa 28,5 mln evroga baholanmoqda.

U yanvardan beri ijara asosida mazkur klub sharafini himoya qilib kelayotgandi. 23 yoshli futbolchi milanliklar safida 22 o'yinda qatnashib, bitta gol urdi.

Eslatib o'tamiz, Fikayo Tomori “Chelsi” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va asosiy jamoada 27 bahsda qatnashishgan ulgurgandi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: acmilan.com