

Bu ma'lumotni “qizil-oqlar” rasmiy sayti ham tasdiqladi. Avvalroq, turkmanistonlik mutaxassis Qurbon Berdievning “Spartak” klubini boshqarishi aytilgandi. Lekin yakunda tomonlar o'zaro bir bitimga kela olishmadi.
Natijada Berdiev “Rostov”dagi ishini davom ettiradi. Xabarda aytilishicha, Karrera “Spartak” bilan 2 yillik shartnoma imzolagan. Massimo Rossiya chempionatining dastlabki ikki turida jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchisi sifatida ishlagan edi.



