Rasman: Masharipov "Istiqlol" bilan shartnomasini ikki yilga uzaytirdi

Administrator
31 dek 2025, 23:25
Eronning "Istiqlol" klubi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov klub bilan yangi bitim imzoladi.

Tehron klubi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, o'zbekistonlik o'yinchi "Istiqlol" bilan ikki yillik yangi bitim borasida kelishuvga erishdi.

Eslatib o'tamiz, bunga qadar Eron chempionatida o'ynayotgan O'zbekiston MTJning yana bir futbolchisi Oston O'runov "Persepolis" bilan shartnomasini 2027 yilga qadar uzaytirgandi.


O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/fcesteghlaliran