Rasman: Marek Gamshik faoliyatini Xitoyda davom ettiradi

Aslanov Jasurbek
5 fev 2019, 10:18
"Napoli" sardori Marek Gamshik Xitoyning "Dalyan Ifan" klubi taklifini qabul qildi.

Slovakiyalik yarim himoyachi 3 yillik bitimga imzo chekdi.

"Napoli" Gamshik transferidan 15 mln. evro ishlab oldi. Futbolchining yangi klubidagi yillik maoshi 9 mln. evro bo'ladi.

Gamshik 2007 yildan beri "Napoli" sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com