Rasmiy xabar: Karrasko “Atletiko”ga qaytdi

Eldor Akmurzayev
8 sen 2020
“Dalyan Ifan” vingeri Yannik Ferreyra Karrasko yana madridliklar bilan kelishuvga erishdi.

U jamoa bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.

Yannik o'tgan mavsumning 2-yarmini ijara asosida “matraschilar” safida” o'tkazib, La Liganing 15 o'yinida qatnashgan holda o'z hisobiga 1+4 natija yozib qo'ygandi.

Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, “Atletiko” 27 yoshli futbolchining transferi uchun Xitoy klubiga 22,5 mln evro o'tkazib berdi.

Belgiyalik 2015-2018 yillarda ham Madrid klubi sharafini himoya etgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru