Kalexon faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin

Mirjalol Normatov
17 fev 2020, 23:21
Ispaniyalikka "Dalyan Ifan" da'vogarlik qilmoqda.

"La Gazetta Dello Sport" xabariga ko'ra, "Napoli" xavbeki Xose Kalexon yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoani tark etishi mumkin. 33 yoshli ispaniyalikka "Dalyan Ifan" da'vogarlik qilmoqda. Xitoyliklar unga yiliga 10 mln evro maosh to'lashga tayyor.

Qayd etilishicha, Xitoy klubi unga 3 yillik shartnoma taklif qilgan. Ushbu mavsumda xavbek "Napoli" tarkibida 23 o'yinda 2 gol va 6 assistentlik qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport