Rasman: "Manchester Yunayted" Andre Onana bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi

Оқил Абдубарноев
20 iyul 2023, 23:03
Kamerunlik darvozabon Andre Onana “Manchester Yunayted”ga o'tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Futbolchi mankunianliklar bilan 2028 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi. Eslatib o'tamiz, hafta boshida “Manchester Yunayted” Onana transferi uchun “Inter”ga 55 million evro to'lashi haqida xabar berilgan edi.

27 yoshli darvozabon “neradzurri” safida 2022 yilning yozidan buyon to'p tepayotgandi. 2022/2023 yilgi mavsumda Onana "Inter" bilan birgalikda Chempionlar ligasi finaliga chiqdi, unda milanliklar "Manchester Siti"ga yutqazdi (0:1). "Neradzurrilar" safida A Seriya doirasida kamerunlik futbolchi 24 ta o'yin o'tkazib, 24 ta gol o'tkazib yuborgan. Shuningdek, 8 bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: manutd.com