Rasman: "Manchester Siti" futbolchisi LaLigaga qaytdi

Eldor Akmurzayev
13 avg 2019, 00:25
Manchester Siti himoyachisi Elyakim Mangalya Valensiyaga o'tdi.

Bu haqda ko'rshapalaklarning rasmiy sayti xabar bermoqda. 

28 yoshli futbolchi klub bilan 2 yillik kelishuvga erishgan. Uning transfer summasi to'g'risida esa aniq ma'lumot keltirilmagan. 

Joriy yilning martida Mangalya  shaharliklar bilan shartnomasini uzaytirgandi. Klub safida esa u oxirgi o'yinini 2018 yilning fevralida Evertonga qarshi o'tkazdi.

Fransiyalik futbolchi 2014 yilda Portudan 42 mln. evro evaziga manchesterliklar safiga kelib qo'shilgandi. 

Avvalroq, Elyakim Mangalya 2016/17 yilgi mavsumda Valensiyada ijara asosida harakat qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: valenciacf.com