Rasman: "Lokomotiv" serbiyalik yarim himoyachini tarkibga qo'shib oldi

Sherzod Nurmatov
20 yanv 2026, 17:20
Yangi mavsumga hozirlik ko'rayotgan "Lokomotiv" serbiyalik futbolchi Yovan Nishich bilan shartnoma imzoladi.

"Ma'lumot uchun, Yovan Nishich 1998 yil 3 mart kuni tug'ilgan bo'lib, markaziy yarim himoyachi ampluasida to'p tepadi.

U Toshkentga kelguniga qadar faoliyatining oxirgi qismini Serbiya chempionati vakili "Radnichki Nish" klubida o'tkazdi.

Yangi futbolchimiz o'z vaqtida Serbiya o'smirlar va yoshlar terma jamoalarida ham bir nechta o'yinda maydonga tushgan", – deyiladi xabarda.

Avvalroq saytimiz orqali serbiyalik bu yarim himoyachining "Lokomotiv"ga kelishi haqida xabar bergan edik.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати