

“Fiorentina” klubi “Lester”dan Rashid Gezzalni bir mavsumga ijaraga oldi. Italiyaliklar shuningdek, futbolchini mavsum so'ngida 9,7 mln evorga to'la sotib olish huquqiga ham ega bo'ldi. Ma'lumot uchun, jazoirlik futbolchi “Lester”ga 2018 yilda o'tgandi. Unga qadar futbolchi “Monako” va “Lion” klublarida faoliyat yuritgan.



