Rasman: Grinvud - "Marsel" futbolchisi!

Оқил Абдубарноев
18 iyul 2024, 23:35
Meyson Grinvud nihoyat "Manchester Yunayted"ni tark etdi.

"Marsel" "Manchester Yunayted" vingeri Meyson Grinvudni sotib olganini e'lon qildi. Angliyalik futbolchi yangi jamoada 10-raqamda to'p tepadi.

Insayder Fabricio Romanoning takidlashicha, francuz klubi futbolchi uchun 26 million evro to'laydi, yana 5 millioni esa bonuslar shaklida taqdim etiladi. Agar kelajakda futbolchi sotilsa, "Marsel" "mankunianliklar"ga transfer pulining yarmini o'tkazib beradi.

Grinvud o'tgan mavsumni "Xetafe"da o'tkazdi va Ispaniya chempionatida 33 o'yinda 8 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: om.fr