Rasman: Evro-2024 Germaniyada o'tkaziladi

Tolibjon Qosimov
27 sen 2018, 18:43
Yevropa chempionati-2024 Germaniyada o'tkaziladi.

Bunday qaror UEFA Ijroqo'm a'zolarining Non shahrida bo'lib o'tgan yig'ilishida qabul qilindi. Ovoz berish natijalariga ko'ra nemislar "zayavkasi" turklarni ortda qoldirdi.

Ko'xna qita chempionatining o'yinlari quyidagi shaharlarda o'tkaziladi: Gamburg, Berlin, Leyptsig, Gelzenkirxen, Dortmund, Dyusseldorf, Kyoln, Frankfurt, Shtutgart, Myunxen.

2024 yilning iyun-iyul oyida bo'lib o'tadigan musobaqada 24ta jamoa ishtirok etadi.



Bungacha Germaniya 2 bor Jahon chempionatini va bir marotaba Yevropa chempionatini o'zida qabul qilgan. 1988 yil Germaniyada o'tgan Yevropa chempionatida Marko van Basteni bor Gollandiya terma jamoasi chempion bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com