Rasman: Donni van de Bek ijara asosida "Everton"ga o'tdi
Mirjalol Normatov
31 yanv 2022, 23:56
"Manchester Yunayted" futbolchisi Donni van de Bek ushbu mavsumni ijara asosida "Everton"da yakunlaydi.
Liverpul klubi futbolchini sotib olish huquqisiz mavsum yakuniga qadar ijaraga oldi. Oldinroq ma'lum qilinganidek, "Everton" Donnining maoshini to'liqligicha qoplaydi.
Ushbu mavsumda Donni APLning 8 o'yinida qatnashib, 1 gol urdi.