Rasman: "Chelsi" yarim himoyachisi kelasi mavsumni ham "Atalanta" safida o'tkazadi

4 iyul 2019, 00:11
"Atalanta" klubi Mario Pashalich bilan ijara muddatini yana bir yilga uzaytirdi.

Bu haqda bergamoliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi. "Chelsi" va "Atalanta" jamoalari Mario ijarada 2020 yil 30 iyunga qadar Italiya klubida o'ynashini kelishib olishgan.

O'tgan mavsum 24 yoshli Pashalich "Atalanta" libosida barcha musobaqalarda 42 ta o'yin o'tkazdi va 8 ta gol urdi. 


O'xshash yangiliklar


Manba: atalanta.it