Rasman: "Borussiya" Dortmund yangi o'yinchi harid qildi

Alisher
21 may 2019
"Xoffenxaym" himoyachisi Niko Shulc rasman jamoasini o'zgartirdi.

Dortmundning "Borussiya" klubi uning transferini e'lon qildi. Shulc Dortmund klubi bilan 2024 yilgacha shartnoma imzoladi.

Bitim 25 million evroga baholanmoqda. Tomonlar bitim shartlarini oshkor qilishni istashmayapti.

Eslatib o'tamiz, 26 yoshli futbolchi joriy mavsumda, Bundesligada 30ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 5ta assistga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: bvb.de