Rasman: "Barselona" hujumchisi "Uotford" a'zosiga aylandi

Administrator
13 iyul 2022, 00:52
"Barselona" hujumchisi Rey Manay faoliyatini Angliyada davom ettiradi.

"Uotford" "Barselona"dan Rey Manayni sotib oldi. Ingliz klubi futbolchi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. 

"Barselona" Manayning keyingi sotuvidan 50% summani oladi. Bundan tashqari "Barsa"da futbolchini qayta sotib olish imkoniyati ham mavjud.

Manay 2020 yilda "Barselona" tarkibiga kelib qo'shilgandi. Futbolchi o'tgan mavsumni "Speciya"da ijara asosida o'tkazgandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: www.watfordfc.com