"Barselona" hujumchisi faoliyatini Angliyada davom ettiradi

Alisher
6 iyul 2022
"Barselona" hujumchisi Rey Manay faoliyatini Angliyada davom ettiradi.

25 yoshli albaniyalik futbolchi "Uotford" bilan muzokaralar o'tkazish uchun mamlakatga uchib keldi.

Manay o'tgan mavsumni ijara asosida "Speciya"da o'tkazdi. U A Seriya doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi va 9ta sariq kartochka oldi.

Forvardning hisobida Albaniya terma jamoasi tarkibida 30ta o'yin va 6ta gol bor.


AlisherMuallif
Manba: The Athletic