RASMAN: "Barselona" hujumchisi jamoani tark etdi

Mirjalol Normatov
23 noya 2018, 19:55
Dortmundning "Borussiya"si "Barselona" hujumchisi Pako Alkaserning transferini e'lon qildi.

Futbolchining transfer narxi 21 mln evroni tashkil qildi. Shuningdek, 5 million evro bonus tarzida "Barselona"ga berilishi mumkin.

Forvard nemis jamoasi bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzoladi. Yozda Dortmund klubi Alkaserni 2 mln evro evaziga ijaraga olgandi. U shundan keyin "arilar" tarkibida 8 o'yinda 9 gol kiritdi.

Alkaser bunga qadar "Valensiya" va "Xetafe" kabi jamoalarda harakat qilgan. Ispaniya termasi tarkibida 15 o'yinda 9 gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/blackyellow