Rasman: "Barselona" Adama Traoreni o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
30 yanv 2022, 00:16
Futbolchi o'z uyiga qaytdi.

"Barselona" klubi Adama Traoreni rasman o'z safiga qo'shib oldi. Futbolchi "Barsa"da bu mavsum ijara asosida harakat qiladi. Agar "Barselona" Traoreni keyingi mavsum sotib oladigan bo'lsa, "Vulverxempton" 30 mln atrofida ishlab oladi. Futbolchining maoshi "Barsa" tomonidan to'lanadi.

2015 yili Adama "Barselona"dan ketgandi. Shundan keyin u "Aston Villa", "Midlsbro" va "Vulverxempton" kabi jamoalar tarkibida harakat qildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: www.fcbarcelona.com