Rasman. "Arsenal" Granit Jaka bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
25 may 2016, 15:40
Londonning "Arsenal" klubi shveytsariyalik yarim himoyachi Granit Jakani o'z saifga qo'shib oldi.

23 yoshli futbolchi 2012 yilda "Bazel" klubidan "Borussiya M"ga ko'chib o'tgandi. Jaka Shveytsariya terma jamoasi safida 41ta o'yin o'tkazgan. Futbolchi London klubida tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tib uzoq muddatli shartnomaga imzo chekdi. Uning transfer narxi oshkor qilinmadi.

Granit "Arsenal"ga EVRO-2016dan keyin qo'shiladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: arsenal.com