Rasman: "Arsenal" futbolchisi boshqa klubga o'tdi

Alisher
7 avg 2019, 15:38
Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Karl Jenkinson klubini o'zgartirdi.

27 yoshli futbolchi faoliyatini "Nottingem Forest"da davom ettiradi.

Bu haqda "kanonirlar" matbuot xizmati xabar bermoqda.

Futbolchi klub bilan 3 mavsumlik shartnoma imzoladi.

Jenkinson "Arsenal"dan tashqari "Chalton Atletik", "Istborn Boro", "Uelling Yunayted", "Vest Xem" va "Birmingem" klublarida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Arsenal