Rasman: Angliya terma jamoasi sobiq posboni "Manchester Siti"ga o'tdi

Eldor Akmurzayev
8 avg 2019, 22:40
Derbi Kaunti darvozaboni Skott Karson rasman Manchester Siti a'zosiga aylandi.

34 yoshli kiper mavsum oxiriga qadar ijara asosida shaharliklar safida harakat qiladi. Karson o'tgan mavsum klub safida 30 o'yinda qatnashib, o'z darvozasidan 40ta gol olib chiqdi.

U Derbi Kauntidan tashqari,  Lids Yunayted, Liverpul, Sheffild Uensdey, Charlton, Aston Villa, Vest Bromvich, Bursaspor, Uigan kabi jamoalarda faoliyat olib borgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/ManCity