Rasman: "Andijon" tojikistonlik hujumchisi bilan shartnomani bekor qildi

Iskandarov Abdulaziz
10 fev 2026, 08:10
Bu haqida klub matbuot xizmati rasmiy xabar berdi.

O'tgan mavsumni ijara asosida "Xorazm" safida o'tkazgan tojikistonlik hujumchi Shaxrom Samiev huquqiy jihatdan "Andijon"ga tegishli bo'lib, u "burgutlar" safidagi faoliyatini 2024 yilda boshlagan va o'shanda uch yillik shartnoma tuzgan. 2024 yil "Andijon"da va 2025 yil "Xorazm"da o'ynagan legioner Iroqning “Al-Karma” klubi bilan shartnoma imzoladi. 

Shuni ma'lum qilinadiki, ikki tomonning o'zaro kelishuviga ko'ra, futbolchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi va u faoliyatini endi Iroq chempionatida davom ettiradi.


Avvalroq saytimiz orqali Samievning Iroq klubiga o'tayotgani haqida ma'lum qilgan edik.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати