Rashidov “Nasaf”ga qarshi o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
15 mar 2016, 11:18
Hamyurtimiz Sardor Rashidov o'ynayotgan “Al Jaish” kelayotgan ikki turda “Nasaf” bilan bellashadi.

Doxaliklar “Al Ayn”ni ikki marta dog'da qoldirib, o'zlarining maqsadlari jiddiy ekanini isbotlab ulgurishdi. Buni “Jaish” qarshiliklar bilan o'yinlarda ham ko'rsatishga urinib ko'rishi tabiiy.

2007 yil tashkil etilgan jamoa 2011 yil yuqori ligaga yo'llanma olgan. Debyut mavsumida ikkinchi, keyin esa uchinchi o'rinni egalladi. Ayni paytda jamoa 2-o'rin uchun kurashmoqda. “Al Rayyan” allaqachon chempionlikni qo'lga kiritishga ulgurdi.


“AL JAISH” SPORT KLUBI

Tashkil etilgan yili: 2007

Stadioni: “Abdulloh Bin Xalifa”, 12 ming tomoshabinga mo'ljallangan

Rahbari: Hamad Ali Al Attiya

Bosh murabbiyi: Sabri Lyamushi (Fransiya)

O'tgan mavsum Qatar chempionatida uchinchi o'rinni egallagan.

Erishgan yutuqlari: Qatar Kubogi sohibi 2013, Qatar Valiahd Shahzodasi Kubogi g'olibi 2014.

Jamoani fransiyalik mashhur mutaxassis Sabri Lyamushi boshqarmoqda. U faoliyatida “Oser”, “Monako”, “Parma”, “Inter” va “Marsel” kabi klublar sharafini himoya qilgan. Ikki yildan ortiqroq Qatarda o'ynagan. 2014 yildan buyon “Al Jaish”ga ustozlik qilib kelyapti. Lyamushi Fransiya terma jamoasida ham to'p tepgan va Kotd Ivuar termasi bilan 2014 yil Braziliyadagi mundialda bosh murabbiy sifatida qatnashgan. 


Sabri LYAMUSHI

Tug'ilgan sanasi: 09.11.1971

Tug'ilgan joyi: Lion, Fransiya

Futbolchilikdagi ampluasi: yarim himoyachi

O'ynagan jamoalari: 1990–1994 “Ales” 106 (26), 1994–1998 “Oser” 129 (19), 1998–2000 “Monako” 56 (4), 2000–2003 “Parma” 90(7), 2003–2005 “Inter” 16 (0), 2004–2005 “Jenoa” 20 (1), 2005–2006 “Marsel” 36 (5), 2006–2007 “Al Rayyan” 7 (6), 2007–2008 “Umm Salal” 10(1), 2009 “Al Xaritiyat”.

Fransiya terma jamoasida 1996–2001 yillarda 12 o'yinda 1 gol urgan.

Boshqargan jamoalari: 2012–2014 Kotd Ivuar, 2014 yildan “Al Jaish”da.


Ushbu klub safida milliy terma jamoamiz a'zosi Sardor Rashidov to'p tepishini muxlislarimiz yaxshi bilishadi. Uni OCHL uchun qatarliklar hujumchi sifatida ro'yxatdan o'tkazishgan. “Jaish” legionerlar limitidan to'liq foydalangan. Himoyachi Lukas Mendes Braziliyadan bo'lib, “Koritiba” va “Marsel” jamoalarida faoliyat olib borgan. Vagner Ribeyro ishqibozlarga arab mamlakatlaridagi o'yinlari bilan tanilgan. Yetakchi futbolchi bo'lib turgan Romarino esa “Korintians” sharafini himoya qilgan. Aynan shu hujumchi jamoaning asosiy ijodkorlik ishlari bilan mashg'ul bo'ladi. Tarkibda yana Qatarda ko'zga ko'ringan 3-4 nafar mahalliy futbolchilar bor.


Darvozabonlar

1. Fahad Yunus

16. Xalifa Ndiaye

22. Saud Xatir

Himoyachilar

2. Murod Naji

3. Abdulla Almisaki

4. Lukas Mendes (Braziliya)

8. Yusuf Mufta

19. Abdurahmon Issa

21. Ali Sanad

67. Jasim Shnin

77. Abdulaziz Muhannadi

96. Jassim Abdulrahmon

Yarim himoyachilar

5. Muhammad Jabri

6. Yosir Abubakar

7. Vesam Rizq

13. Saloh Alyahri

14. Muhammad Meznani

17. Otman Alyahri

18. Muhammad Jedo

20. Vagner Ribeyro (Braziliya)

23. Xolid Alzereq

27. Ahmad Muin

Hujumchilar

9. Hamid Abdurazzoq

10. Sardor Rashidov (O'zbekiston)

12. Majid Muhammad

31. Romarino (Braziliya)


Behzod Nazarov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia