Rangnik van-Bissakaning jarohati borasida ma'lumot berdi

Mirjalol Normatov
9 dek 2021
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik jamoasi himoyachisi Aaron van-Bissakaning jarohati borasida ma'lumot berdi.

"U ikkita zarbani qabul qilib oldi: biri sonidan, ikkinchisi tizzasidan. Shanba kuni uning holatiga qaraymiz", - dedi Rangnik.

Futbolchi YCHLning 6-turida "Yang Boyz"ga qarshi o'yinda jarohat olib, o'yinni yakunlay olmadi.

Ushbu mavsumda futbolchi APLning 13 o'yinida qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal