Raneri "Uotford" bilan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi

Alisher
4 okt 2021, 08:16
Italiyalik mutaxassis Klaudio Raneri APLga qaytishga yaqin.

69 yoshli mutaxassis "Uotford" bilan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. Kelishuv 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Jamoa yakshanba kuni Xisko Munos iste'foga chiqarilganidan so'ng bosh murabbiysiz qoldi.

Italiyalikning so'nggi klubi "Sampdoriya" bo'lgan edi. "Uotford" esa APLda 7 turdan so'ng 7 ochko jamg'argan holda, 14-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira