Raneri "Roma"ga qaytishi haqida: "Bu taqdir"

Mirjalol Normatov
15 noya 2024
Klaudio Raneri "Roma"ga qaytishi haqida gapirdi.

Raneri mavsum yakuniga qadar jamoani boshqarib turadi va keyinchalik maslahatchi bo'lib ishlaydi.

"Murabbiylik faoliyatimni yakunlagandim. Lekin o'tgan 3 oy davomida menga shunaqangi ko'p taklif bo'ldi-ki, APLda "Lester" bilan chempion bo'lganimdan keyin ham bunchalik taklif bo'lmagandi.

Biroq o'zim uchun ko'p aytganman: "Roma"ga yoki "Kalyari"ga qaytaman. Taqdir menga "Kalyari"dagi uyimga, futbolchilik va murabbiylik faoliyatimni boshlagan "Roma"ga qaytishimga davat qildi.

Balki taqdir menga: "Shu erda boshlagansan, shu erda tugat", degan bo'lishi ham mumkin", - dedi Raneri.

Bunga qadar Raneri 2009-2011 hamda 2019 yillarda "Roma"ni boshqargan. Ayni damda  rimliklar A Seriya turnir jadvalida 12-o'rinni egallab turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com