Raneri: "Futbolda iloji yo'q narsa yo'qligini "Lester" orqali isbotlaganman"

Alisher
7 iyun 2019, 10:31
"Roma"ning sobiq bosh murabbiyi Klaudio Raneri Rim jamoasining kelajagi haqida gapirdi.

"Hozir "Roma"ga bosh murabbiy va sport direktori topib, ularni bir hil yo'nalishda ishlashga imkon berish kerak. "Roma" 4-o'rin uchun kurash olib boryapti. Futbol shunisi bilan yaxshiki, unda imkonsiz narsaning o'zi yo'q. O'ylaymanki, men buni "Lester" orqali isbotladim. "Roma"ga eng yaxshi tilaklarimni tilayman", - deydi Raneri.

Raneri "Roma"ni Eusebio Di Francheskodan so'ng mart oyi boshlarida qabul qilib olgan va jamoani mavsum so'nggiga qadar boshqargan edi. U 2009-2011 yillarda ham "Roma"da ishlagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Italia