Raneri: "Fulxem"dagi vaziyatni o'zgartirish oson bo'lmaydi"

Aslanov Jasurbek
23 noya 2018, 11:10
"Fulxem" yangi bosh murabbiyi Klaudio Raneri shogirdlarining e'tiborini nimaga qaratishi haqida aytib berdi.

"Biz xotirjamlikni saqlab, ishlashda davom etishimiz kerak, chunki hammasini bir kunda o'zgartirib bo'lmaydi. Hech qachon taslim bo'lmaslik va har o'yinda kurashish lozim. Hamma tayyor bo'lishini istayman. Men bitta asosiy tarkib bilan ish boshlayman, biroq unga o'zgartirishlar kiritishim mumkin.

"Lester"da Kante, Simpson va Fukssi boshlaganman, ammo asta-sekinlik bilan tarkibga qo'shilib borishgan. Men 11 futbolchini tanlayman, ammo qolganlar taslim bo'lmasligi kerak, ularda ham imkoniyat bo'ladi. Vaziyatni o'zgartirish oson bo'lmaydi, ammo birgalikda harakat qilishimiz kerak" - deydi italiyalik mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports