Ramosda PSJ, MYU va "Siti"dan taklif bor. Himoyachi Fransiya klubiga o'tishni afzal ko'rmoqda

Alisher
22 iyun 2021, 16:04
"Real"dan ketgan himoyachi Serxio Ramos faoliyatini davom ettirish uchun variantlarni ko'rib chiqmoqda.

35 yoshli ispaniyalik futbolchida ayni damda PSJ, "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti"dan taklif bor.

Ramos Manchester klublari orasida tarix sabab MYUga ko'proq yon bosishi mumkin. Shuningdek himoyachi APL klublaridan biriga emas, PSJga o'tishni xohlamoqda.

Birinchidan parijliklarning takliflari "Manchester Yunayted"nikiga qaraganda jozibaliroq, shuningdek ular 2 yillik shartnoma taklif qilishmoqda.

Ikkinchidan, Ramos Parijni o'zi va oilasi uchun mos tushadigan joy sifatida ko'rmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: As