

Germaniya klubi 31 yoshli kolumbiyalik futbolchini “Granada”ga ketishiga ruxsat berdi.
Ramos Ispaniyada tibbiy tekshiruvdan o'tib, yangi jamoasi tarkibida mashg'ulotlarni boshladi.
Avvalroq, Ramos 12 million evro evaziga Xitoyning “Chuncin Lifan” jamoasi tomonidan sotib olinib, so'ngra “Granada”ga ijaraga berilishi haqida xabarlar chiqqandi. Sababi har ikkala jamoani bir kishi boshqarishi ma'lum qilingan edi. Ammo “Borussiya” tomoni ham “Chuncin Lifan” rahbariyati ham bu haqda hech qanday xabar berishgani yo'q.



