Rakitich kelajagiga oydinlik kiritdi

Mirjalol Normatov
31 mar 2019, 15:45
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich jamoadan ketmoqchi emas.

Bu haqda uning o'zi aytib o'tdi.

"Barselona"da o'ynayotganimdan lazzatlanishim kerak. Oldin ham aytib o'tganimdek, bu yerda baxtliman. Umid qilamanki, "Barselona"da uzoq yillar to'p suraman", - dedi Rakitich.

Oldinroq uning xizmatlariga "Inter" tomonidan qiziqishlar borligi aytilgandi.

Rakitichning transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda. U 2014 yildan buyon "Barselona" tarkibida harakat qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo