

- Bugungi o'yinda g'alaba qozonish uchun maydonga tushgandik. Ammo “Olmaliq” safida tajribali futbolchilar o'ynashdi. Bizning tarkib bolalarning deyarli barchasi futbol maktabimiz tarbiyalanuvchilari. Qolaversa yoshlar terma jamoasi tarkibiga jalb etilgan uch nafar futbolchimiz – Aziz G'aniev, Sharof Muhiddinov va Bobir Abduholiqovning yo'qligi ham bilindi. Umuman bizning asosiy maqsadimiz – asosiy jamoamiz va turli yoshdagi terma jamoalarga mahoratli futbolchilarni etkazib berishdan iborat.



