Rafinya individual mashg'ulotlarga qaytdi

Sherzod Nurmatov
14 noya 2025
"Barselona" lideri Rafinya yaqinda tiklanishning so'nggi bosqichiga kirdi.

"Marca" nashrining xabar berishicha, braziliyalik futbolchi 13 noyabr kuni individual mashg'ulotlarga kirishdi. Kutilmagan o'zgarishlar bo'lmasa, u kelasi hafta umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytadi.

Biroq Rafinya ushbu mashg'ulotlarda juda ehtiyotkor bo'ladi: "Barselona"ning maqsadi - o'yinlarga shoshilinch qaytishdan qochish va tizzaosti payi jarohatining qaytalanishini oldini olish.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca