Rafael Varan ham AQSHga yo'l olishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
13 iyun 2024, 14:54
Varan yozda "Inter Mayami"ga o'tishi mumkin.

Himoyachi Rafael Varan faoliyatini MLSda davom ettirishga yaqin turibdi.

"Inter Mayami" klubi fransiyalik himoyachining ehtimoliy transferi bo'yicha ishlashni boshlab yuborgan. Amerikaliklar hattoki bu masalada rasmiy so'rov ham yuborishga ulgurishgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Varan "Manchester Yunayted"ni erkin agent sifatida tark etgandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо