Rafael Benitez Qatar bosh murabbiyi bo'lishi mumkin

Narzulla Saydullayev
8 fev 2014, 11:21
Qatarliklar 2022 yilda o'z maydonlarida bo'lib o'tadigan mundialga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.
Qatar Futbol Uyushmasi JCH-2022ga yangi jamoa tuzish maqsadida "Napoli" klubining bosh murabbiyi Rafael Benitez bilan shu yilning o'zida shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda Qatarning "Al Kass" nashriga tayanib O'FF rasmiy tvitteri xabar berdi.

Eslatib o'tamiz, Benitez o'tgan yozda Londonning "Chelsi" klubidan "Napoli"ga ko'chib o'tgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia