R. Alkantara: "Barselona" ham "Real"ni "Kamp Nou"da ko'rishni istamaydi"

Aslanov Jasurbek
7 mar 2015, 11:41
"Barselona" yarim himoyachisi Rafinya Alkantara "Real" Ispaniya Kubogi finalini "Santyago Bernabeu"da o'tkazishga ruxsat bermagani borasida o'z fikrini bildirdi.

Qirol kubogi finalida "Barselona" va "Atletik" to'qnash keladi va bu o'yin 30 may kuni bo'lib o'tadi.

"Har qanday stadionda o'ynayveramiz. Sig'imi qancha katta bo'lsa, shuncha yaxshi. "Real"ning qarorini hurmat qilaman. O'ylashimcha, "Barselona" muxlislariga ham "Real"ning "Kamp Nou"da o'ynashi yoqmaydi" - deydi Alkantara.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com