Quvondiq Ro'ziev bolajonlarga quvonch ulashdi

Narzulla Saydullayev
4 apr 2020
Respublikamiz bo'ylab koronavirus pandemiyasi tufayli karantin e'lon qilingan bir davrda ko'plab futbolchi hamda murabbiylar o'zlarining sahovatpeshaliklari bilan xalqimizning og'irini engil qilishmoqda.

"Qo'qon-1912" jamoasining yetakchi futbolchilaridan biri Quvondiq Ro'ziev ham o'zi istiqomat qiladigan Termiz shahridagi 12-sonli bolalar uyiga o'zining amaliy yordamini ko'rsatdi. Quvondiq bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga antiseptiklar, shaxsiy gigiena vositalari hamda futbol to'plarini sovg'a qildi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz