Qurbon Berdiev Qozog'iston klubi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Eldor Akmurzayev
26 may 2021
Turkmanistonlik mutaxassis Qurbon Berdiev “Qayrat” ustoziga aylanish ehtimoli bor, deya xabar beradi KazFootball.

Manbaga ko'ra, “Rostov” va “Rubin” sobiq murabbiyi “Qayrat”ni belaruslik mutaxassis Aleksey Shpilevskiy tark etgan taqdirda qabul qilib oladi. Shpilevskiyning tez orada iste'foga chiqishi aytilmoqda. Qozog'istonning amaldagi chempioni mamlakat chempionati joriy mavsumini yaxshi boshlay olmadi. Jamoa 13-turdan keyin 21 ochko bilan turnir jadvalida 3-o'rinda bormoqda.

Aprel boshida Berdiev Olmaotaga kelib, klub infrstrukturasi bilan tanishgan. U 23 may kuni o'tgan “Ostona” – “Qayrat” (1:1) bahsini mehmonlar rahbariyati bilan birga bevosita stadiondan kuzatgan.

Eslatib o'tamiz, 68 yoshli turkmanistonlikning oxirgi ish joyi “Rubin” (2017-2019) bo'lgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: KazFootball