Qozonda Shanxay hamkorlik tashkiloti vakillari futbol o'ynashadi

Aslanov Jasurbek
2 iyul 2016, 16:24
Tatariston poytaxti Qozon shahrida veteranlardan tashkil topgan jamoalar o'rtasida birinchi xalqaro turnir - SHHT ishbilarmonlar kengashi kotibiyati Kubogi o'tkaziladi.

Bu haqda kazan.kp.ru sayti e'lon qildi.

Musobaqa 29 iyuldan 31 iyulgacha o'tkaziladi. Turnirda O'zbekiston, Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Armaniston, Rossiya, Belorusiya va Xitoy vakillari ishtirok etishadi.

Ushbu musobaqa Rossiya sport vazirligining taqvim rejasiga qo'shib qo'yildi. SHHT ishbilarmonlar kengashining fikricha, ushbu turnir Shanxay hamkorlik tashkilotiga kiruvchi mamlakatlarda futbolni rivojlantirish va ommalashtirishga yordam beradi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia