Qozog'istonlik jurnalist: "Qozog'iston terma jamoasi O'zbekistonga yutqazib qo'yishdan qo'rqqani uchun o'yinni bekor qildi"

Narzulla Saydullayev
27 mar 2020, 20:16
Qozog'istonlik jurnalist Aydin Kojaxmet O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bekor qilinishi borasida o'z fikrlarini bildirdi.

Bu haqda Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida ma'lum qildi.

"Bizda O'zbekiston va Qozog'iston terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvining nima uchun bekor qilingani haqida boshqa versiya bor. Men olgan ma'lumotlarga ko'ra bu Qozog'iston bosh murabbiyning istagi bilan bo'lmagan. Axir O'zbekiston bilan bahs bekor bo'lgach uning o'rniga Armaniston tanlangandi. Bu jamoani O'zbekistondan kuchliroq deb bo'lmaydi. Gap shundaki, Qozog'iston futbol federatsiyasi prezidenti so'nggi paytlarda mamlakatda o'z obro'sini biroz yo'qotib qo'ygandi va shunday paytda principial raqibga yutqazish juda yomon bo'lardi, yuqoridagilar buni kechirmasliklari mumkin edi. O'yin bekor qilinishining sababi, biznikilar tavakkal qilishni istamaganliklarida", - deb yozadi jurnalist.

Eslatib o'tamiz, rejaga ko'ra 26 mart kuni Toshkentda qo'shni davlat jamoalar o'rtasidagi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tishi lozim edi. Biroq o'tgan yil dekabr oyida bahs bekor qilingan edi.

O'xshash yangiliklar

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia