

Sports.kz saytining ma'lum qilishicha, Qozog'iston futbol federatsiyasi Ruminiyaga yetib borish uchun O'zbekiston bayrog'i ranglari tushirilgan va bortida "O'zbekiston" yozuvi mavjud bo'lgan "O'zbekiston havo yo'llari" aviakompaniyasi samolyotini tanlashgan.
Eslatib o'tamiz, Qozog'iston terma jamoasi JCH-2018 saralashidagi o'z guruhida so'nggi o'rinni egallab turibdi.




