Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi: "O'zbekiston bilan qiziqarli bahs bo'lishiga ishonchim komil"

Sherzod Nurmatov
11 okt 2022, 10:59
Futbol bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi ustozi Magomed Adiev O'zbekiston bilan bo'lajak o'rtoqlik uchrashuvi haqida gapirdi.

"O'zbekiston milliy terma jamoasi – Evro-2024 saralash bosqichiga tayyorgarlik ko'rish uchun yaxshi raqib. Bu o'yin murabbiylar shtabi uchun juda foydali bo'ladi. O'zbekistonda yuqori saviyali futbolchilar bor. Biz yaqinlashib kelayotgan Yevropa chempionati saralashida ishonch bildirmoqchi bo'lgan futbolchilarimizning xizmatlaridan foydalanmoqchimiz. Qiziqarli bahs bo'lishiga ishonchim komil", – dedi Adiev.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston FIFA reytingida 77-o'rinda, Qozog'iston esa 113-o'rinda qayd etilgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Qozog'iston o'rtoqlik uchrashuvi 16 noyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: kff.kz